10 avg 12:51
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola "Palermo"ga qarshi o'yindan so'ng Husanov haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Palermo"ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovni maqtadi.
Yanvarda jamoaga kelib qo'shilgan Abduqodir Husanovning "Palermo" ustidan qozonilgan g'alabada ham yaxshi taassurot qoldirganini takidladi va u kelasi haftada "Vulverxempton"ga qarshi safarda bo'lib o'tadigan Premer-liga ochilish o'yini oldidan jamoasidan mamnunligini takidladi.
"Jahon chempionatidan oldin amalga oshirgan uchta transferimiz juda yaxshi bo'ldi. Bular CHerki Ait Nuri va Reynders. Xuddi shunday yanvarda kelgan Husanov ham. Bugun u o'z salohiyatini namoyish etdi va u men ko'rgan eng tezkor futbolchilardan biridir", — dedi Gvardiola.
Havola :
Fikrlar