23 may 13:07
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola Ronalduning ustoziga aylanishi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Xosep Mariya Orobitg avvalroq ispaniyalik murabbiyga "Al Nassr" va Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi (SAFF) tomonidan qiziqish bo'lganini tasdiqladi.
22 may kuni "shaharliklar" Gvardiola mavsum yakunida klubni tark etishini rasman elon qilishdi.
"Aloqalar bir yarim oy oldin bo'lgan edi, shunchaki oddiy muloqot, hech qanday majburiyatlarsiz yoki yozma takliflarsiz. U qadar katta pullar taklif qilinmagandi.
Taxminan 15 kun oldin Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi bilan ham aloqa bo'ldi, ammo hozircha keyingi muloqotlar to'xtatiladi. Ayni paytda federaciyalarning hech birida Gvardiola bilan shartnoma imzolash uchun katta imkoniyat yo'q", — Robitgning so'zlarini keltiradi Goal nashri.

Havola :
Fikrlar