09 apr 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik amerikalik bokschini nokautga uchratdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdik faoliyatidagi chiroyli g'alabalardan birini nishonladi.
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida ringga chiqayotgan Gvozdik kubalik Yunieski Gonsalesni uchinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Birinchi raund Gonsalesning yaqqol ustunligi bilan o'tdi.
Lekin ikkinchi raundda o'ziga kelib olgan ukrainalik bokschi raqibini muddatidan avval mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ikkita nokdaun holatidan so'ng referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar