01 avg 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Gvozdik - Beterbiev: Arum jangning qachon o'tkazilishini aytdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Aleksandr Gvozdik hamda IBF chempioni Artur Beterbiev o'rtasidagi jang sanasi malum qilindi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangi 18 oktyabr kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni mashhur promouter Bob Arum ham tasdiqladi.
Takidlash joiz, bu manzil Gvozdik uchun begona emas. Ukrainalik jahon chempioni bu auditoriya qarshisida Dudu Ngumbuga qarshi ringga ko'tarilgan. Hozirdanoq Rossiya va Ukraina bokschilari o'rtasidagi chempionlik jangiga qiziqish yuqori bo'lmoqda.
Malumot uchun, Gvozdik professional boksdagi natijasi 17-0, Beterbievniki esa 14-0 ni tashkil etadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar