22 jan 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik mart oyida ixtiyoriy ravishda kamarini himoya qiladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Aleksandr Gvozdik mart oyida o'z kamarini himoya qiladi.
Oxirgi jangini bundan uch oy oldin o'tkazgan ukrainalik jahon chempioni ixtiyoriy ravishda o'z kamarini himoya qilishga ahd qildi. Bu haqda Butunjahon boks uyushmasi prezidenti Maurisio Suleyman xabar berdi.
Mart oyidagi jangdan so'ng u chempionlik kamariga rasmiy davogar Markus Braunga qarshi ringga ko'tariladi. Braun o'tgan hafta Badu Jekni mag'lubiyatga uchratib, Gvozdikning kamariga rasmiy davogarga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar