02 dek 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik - Stivenson jangi muddatidan avval yakunlandi
Hozirgina Kanadaning Kvebek shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida ukrainalik Aleksandr Gvozdik kanadalik Adonis Stivensonga qarshi chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang o'n birinchi raundda yakunlandi.
Ukrainalik 31 yoshli bokschi 41 yoshli Adonisni kuchli zarbalar seriyasi evaziga nokautga uchratdi. O'ninchi raundda Gvozdikning o'zi ham nokduan holatiga tushib qolgandi. Lekin kanatlarga suyanib qolgan Aleksandr qiyinchilik bilan vaziyatdan chiqib keta oldi.
Ushbu g'alaba Aleksandr Gvozdikka yarim og'ir vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini taqdim etdi. Faxriy Adonis Stivenson mazkur chempionlik kamarini 2013 yildan beri o'zida saqlab kelayotgan edi.
Havola :
Fikrlar