01 dek 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik Stivensondan 200 grammga og'irroq chiqdi, ertaga chempionlik jangi
Ertaga ukrainalik Aleksandr Gvozdik kanadalik Adonis Stivensonga qarshi chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Ushbu jang oldidan bugun Kvebek shahrida bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn (79,4 kg) meyorini bajarishdi.
Ukrainalik 31 yoshli bokschi 79,2 kg, kanadalik 41 yoshli Adonis esa 79 kg vazn qayd etdi. Ertangi jang yarim og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar