20 iyu 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik va Beterbiev birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqmoqchi
Yarim og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga rasmiy davogar Markus Braun bu imkoniyatdan foydalanmoqchi emasligini malum qildi.
Braun ushbu chempionlik kamari egasi ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga chiqmasligini aytdi. Bundan xabar topgan Gvozdik IBF chempioni rossiyalik Artur Beterbiev bilan birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish istagini bilridi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangini tashkil etish bilan Top Rank promouterlik kompaniyasi shug'ullanadi. Ikkala bokschi ham aynan shu kompaniya mijozlari hisoblanadi. SHundan kelib chiqsak, jangni o'tkazish ortiqcha muammolarni yuzaga keltirmaydi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar