11 dek 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik WBC kamari uchun Alvaresga qarshi jang o'tkazadi
Butunjahon boks uyushmasi yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni kanadalik Adonis Stivensonga ixtiyoriy himoya jangini o'tkazishga ruxsat berdi.
Stivenson ushbu jangda shveciyalik Badu Jekka qarshi ringga ko'tariladi. Stivenson - Jek jangi g'olibi esa keyinchalik ukrainalik rasmiy davogar Aleksandr Gvozdikdan chempionlik kamarini himoya qiladi.
Lekin buning uchun Gvozdik kolumbiyalik Elayder
Alvaresni mag'lub etishi kerak bo'ladi. Mazkur saralash jangi 16 fevral kuni bo'lib
o'tadi. G'olib bokschi esa chempionlik kamari uchun jangda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar