31 mar 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdik WBC kamarini himoya qildi
Ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Gvozdik (16-0, 13 KO) ilk himoya jangini o'tkazdi.
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Gvozdik bugun franciyalik Dudu Ngumbu (38-8, 14 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang beshinchi raundda to'xtatildi. Kutilmaganda oyog'idan jarohat olgan Duduning jangni davom ettira olmasligi oydinlashdi. Vaziyatni to'g'ri baholagan referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Gvozdik texnik nokaut evaziga chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar