03 dek 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Gvozdikdan nokautga uchragan Stivenson koma holatiga tushib qoldi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida endilikda sobiq WBC chempioni Adonis Stivenson suniy koma holatiga tushib qoldi.
Le Journal de Montréal nashrining xabar berishicha, kanadalik bokschi ayni paytda Kvebek shahridagi kasalxonalarning birida bo'lib turibdi. SHifokorlar qo'ygan tashxisga ko'ra, Stivensonning miyasiga qon quyilgan.
Eslatib o'tamiz, kecha tongda ukrainalik Aleksandr Gvozdik Adonis Stivensonni 11-raundda nokautga uchratib, WBC yo'nalishining yangi chempioniga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar