13 noy 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Hakamlar raqibini ikki bor nokdaunga tushirgan Nazarovga g'alabani berishmadi
Bugun professional bokschimiz Olim Nazarov AQSHning Michigan shahrida o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Faoliyatini Toshkentdagi “Oqtepa” boks klubida Zufar Sulaymonov murabbiyligi ostida boshlagan hamyurtimiz amerikalik Jeyms Smitga qarshi ringga ko'tarildi.
Nazarov 6 raundga mo'ljallangan jangda ikki bor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Afsuski, hakamlarning noxolis qarori tufayli yakunda g'alaba mezbon bokschiga taqdim etildi.
Arenani to'ldirib o'tirgan mehalliy muxlislar bu holatga jiddiy tarzda o'z noroziliklarini bildirishdi. Lekin hakamlar o'z qarorlarini o'zgartirishmagan.
Malumot uchun, Olim Nazarov 15ta jangining 12tasida g'alaba qozongan. Nokautlar soni 8tani tashkil qilmoqda. Bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda mag'lubiyatlar soni 3taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar