13 iyu 09:21
Yangiliklar

Hakamlarimiz yangi brend liboslarida maydonga tushadi
Mutaxassislar mazkur brendning sifati va qulayliklarini yuqori baholab kelishmoqda. Endilikda mamlakatimizning barcha referilar jamoasi Superliga, Proliga, Birinchi liga, Ayollar Oliy ligasi uchrashuvlari, shuningdek, O'zbekiston kubogi va mintaqaviy turnirlarda aynan ushbu yangi liboslarda maydonga chiqishadi. Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino futbol hakamlarini maydondagi birinchi jamoa, deb takidlashi bejiz emas, chunki futbolning sifatli rivojlanishi va o'sishida professional hakamlar muhim o'rin tutadi. Hakamlik tizimini zamonaviy usullar bilan rivojlantirish biz uchun ham ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Bugun taqdim etilayotgan ekipirovkalar — bu yo'ldagi muhim qadamlarimizdan biridir, dedi O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov.
Fikrlar