So’nggi yangiliklar

22:33Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га ютқазди 0 19:16Дана Уайт: "Жон Жонс 2025 йилда жанг қилади. 100 фоиз" 0 18:55Абдел-Азиз камар учун Оливейрадан ҳам муносиброқ жангчи ким эканини айтди 0 18:34"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи 0 18:13Илия Топурия: "Абдел-Азиз менга раҳмат айтиши керак" 0 17:52Конор Макгрегорнинг қайтаётгани ҳақиқатми? Дана Уайт жавоб берди 0 17:31Эдди Хирн Мэнни Пакьяонинг проф рингга қайтишини кескин танқид қилди 0 17:10Бугун Ҳусанов "Манчестер Сити" билан илк совринини қўлга киритиши мумкин. Кубок финали учун ПРЕВЬЮ 0 16:49Рим WTA 1000 турнири жуфтлик баҳсларида финалчилар маълум 0 16:28Нодирбек Абдусатторов ва яна уч гроссмейстеримиз Sharjah Masters турнирида иштирок этади 0 16:07Рақамланган UFC 318 турнири яна бир жанг билан бойиди + ПОСТЕР 0 15:46"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади 0 15:25Хасбик: "Эй, Топурия, сенга ростан ҳам камар керак бўлса, мен тайёрман" 0 15:04Тошкентда яна бир халқаро мусобақа старт олди 0 14:43Собиқ UFC жангчиларининг бокс баҳсида Даррен Тилл ғалаба қозонди 0

28 jan 12:30
Yangiliklar

Tennis

Hammasi Denis Istomin haqida, siz bilgan va bilmagan malumotlar

Barakalla, Istomin... Hamyurtimiz, mamlakatimizning 1-raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatida serbiyalik raketka ustasi Novak Jokovichni engib, katta shov-shuv ko'tardi.

Bu albatta, uncha-muncha mahorat sohibining qo'lidan kelavermaydigan ish. SHu bois Istomin haqida alohida maqola chop etishga qaror qildik.

Top-40ning sobiq azosi

O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 30 yoshga to'lgan bo'lib, u professional faoliyatini 2004 yili boshlagan va 2012 yil yozida dunyo reytingida 33-o'ringacha ko'tarilgan. U asosan, hujumkor o'yin namoyish qilib, kutilmagan zarbalar berishi orqali tanilgan.

Istomin faoliyati davomida CHellenjerlarning yakkalik bahslarida 10ta sovrinni qo'lga kiritgan. ATR musobaqalarida esa Denisga omad bir marta kulib boqqan. Bu voqea 2015 yili yuz bergan bo'lib, o'shanda Istomin Nottingemdagi final uchrashuvida Sem Kuerrini mag'lub etgandi.


Hamyurtimiz hozirgi kunga qadar o'zining eng yaxshi o'yinlari sifatida Indian-Uells-2012da David Ferrerni mag'lub etgani-yu, Uimbldon-2010da Sten Vavrinkadan ustun kelganini takidlar edi. Adolat yuzasidan aytganda, shveycariyalik tennischi u paytlari endi-endi tanilib kelayotgandi. Ispaniyalik Ferrer ustidan qozonilgan g'alaba esa chindan ham, maqtanishga arzirdi. Boz ustiga, mana shu muvaffaqiyat Denis uchun Top-10likka kiruvchi raqib mag'lub etilgan yagona o'yin edi.

Onasining o'g'li

Istomin - butun faoliyati davomida ayol murabbiy qo'li ostida shug'ullanayotgan yagona tennischi. Eng muhimi, bu murabbiy - Denisning onasidir. Aniqrog'i, o'tmishda o'zi ham mahoratli tennischi bo'lgan Klavdiya Istomina katta sportdagi faoliyatini tugatganidan so'ng murabbiylikka qo'l urib, o'g'li, to'rt yashar Denisni shug'ullantira boshladi. Mana, oradan 25 yil o'tdi hamki, mazkur jarayon davom etmoqda. O'ylaymizki, Jokovichga qarshi o'tgan o'sha mashhur o'yindan so'ng Istomin nega aynan onasiga minnatdorchilik bildirganini endi tushunib oldingiz.


Etiborlisi, murabbiy-ayollar hatto ayollar tennisida ham kam uchraydi. Erkaklar turniridagi ayollar haqida esa umuman, gapirmasa ham bo'ladi. SHu bois, Istomin bilan suhbatlashgan muxbirlar tez-tez undan ustozi haqida so'rab-surishtirishadi. Denis esa bunday savollarga aksariyat hollarda hazillashib, agar chetdan o'ziga murabbiy yollasa, unga yirik miqdordagi maosh berishi kerakligini, onasi qo'lida shug'ullanib, katta mablag' tejayotganini uqtiradi. Lekin masalaga jiddiy qaralsa, oilaviy munosatlarning natijalarga ijobiy tasir ko'rsatayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Negaki, bunday ko'rinishdagi ustoz-shogird munosabatlarida o'zaro ishonch va bir-birini tushunish darajasi yuqori bo'ladi. Begona mutaxassislar bilan ishlash jarayonida esa bunga erishish juda qiyin.

Bolalikdagi fojia

2001 yili Istomin jiddiy avtohalokatga uchraydi va buning oqibatida uch oy shifoxonada davolanib, ikki yilgacha qo'liga raketka ushlamaydi. Denis butunlay sog'aygach, onasi uni yana tennis bilan shug'ullanishga undaydi. O'smirdagi iqtidorni payqagan O'zbekiston tennis federaciyasi esa mashg'ulotlar jarayoniga bog'liq barcha sarf-xarajatlarni qoplaydi. Bu harakatlar tufayli Istomin hamon faoliyatini davom ettirmoqda. SHunday qilib, 2004 yili yana kortga qaytgan Istomin o'smirlar o'rtasida tashkillashtirilgan ilk turnirdayoq g'olib chiqib, professional tennisdagi birinchi qadamlarini tashlaydi.


US Opendagi alohida sovrin

Kuchli o'nlikdagi raqiblarga qarshi o'yinlarda ro'y bergan 32 mag'lubiyatdan biri US Open-2010 turnirida kuzatilgan. O'shanda Denis musobaqaning ikkinchi davrasida turnirning bo'lajak g'olibi - Rafael Nadalga uch setda mag'lub bo'ladi - 2:6, 6:7, 5:7. Biroq bu o'yinda Istominning zarbalaridan biri shunday ajoyib chiqadiki, O'TF tennischini alohida mukofot bilan rag'batlantirishga qaror qiladi. Muayyan zarba uchun berilgan mazkur sovg'a nima ekani albatta, qiziqtirsa kerak. Bu - Ajoyib zarba uchun so'zlari bitilgan zamonaviy muzlatkich bo'lib, buyum hamon tennischining Toshkentdagi uyida saqlanmoqda.

Millimetrga bog'liq omad

O'tgan mavsum Denis uchun unchalik muvaffaqiyatli kelmaganidan xabaringiz bor. CHunonchi, Istomin ketma-ket jarohatlar tufayli o'zi istagan natijalarga erisha olmay, dunyo reytinggida 61-o'rindan 121-pog'onaga tushib ketdi. Bu esa tabiiyki, tennischining Australian Open asosiy to'riga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish imkoniyatini ham yo'qqa chiqardi. Ammo u O'zbekistonning yagona vakili sifatida wild card uchun yarim finalda hindistonlik Pradjnesh Gunnesvaranga qarshi kortga chiqib, hal qiluvchi setda uch marta matchbol holatini boshidan o'tkazdi. Uchinchi matchbolda Istominning zarbasidan so'ng koptokcha kortning qanchadir millimetrlariga tegdi va tay-brekda 11:9 hisobida vatandoshimiz g'olib chiqdi. Finalda Denisga raqib bo'lgan koreyalik Dok-Xi Li unga qarshi derli hech narsa qila olmadi.


SHu tariqa, Istomin faoliyatida o'ninchi bor Australian Open asosiy to'riga yo'l oldi. Turli yillarda u Melburnda Rojer Federer, Xyuittlar bilan kuch sinashgan. Novak Jokovich esa Denisga bir emas, ikki marta raqiblik qilgandi. To'g'ri, mazkur uchrashuvlarning barchasida Istomin mag'lubiyat alamini totgan. Ammo Novakka qarshi 2014 yili o'tgan o'yin aslida Denis taxmin qilinganidan ko'ra kuchliroq ekanini isbotlagandi.

Mana, oradan uch yil o'tib, u Jokovichga, turnirning olti karra chempioniga yana to'qnash keldi va dunyo rey-tingining 2-o'rindagi raqibini ajoyib tarzda mag'lub etdi. Mazkur g'alaba Istominni shunchalik ruhlantirdiki, natijada keyingi raqib - ispaniyalik Pablo Karreno Bustani ham ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi. Agar o'sha eski jarohatlar pand bermaganida, Istomin bolgariyalik Grigor Dimitrovni ham aslo ayab o'tirmagan bo'lardi, lekin...


Nima bo'lganida ham, Denis dunyoning ikkinchi raketkasini engish orqali O'zbekiston nomini dunyoga yanada tanitishni uddaladi. Siz-u biz uchun eng muhimi - shu...

Bu, qiziq...

O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Australian open musobaqasining 4-bosqichiga etib borib, Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berdi.

O'zbekistonlik tennischi Osiyo-Okeaniya pley-off bosqichi g'olibi sifatida wildcardga ega bo'lib, turnirni asosiy to'rdan boshladi. U dastlab xorvatiyalik Ivan Dodigni, ikkinchi bosqichda jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni, uchinchi o'yinda esa ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, 4-bosqich bahsida jarohat Istominga to'la kuch bilan o'ynash imkonini bermadi.

Natijada, Denis Istomin Avstraliyadagi musobaqa orqali o'z hisobini 220 000 AQSH dollariga boyitib oldi. Denis chorak finalga chiqqanida, bu miqdor 440 000ga etardi.

Hamyurtimiz hisobiga 180 reyting ochkolari qo'shildi. Bu orqali Istomin ATR reytingida kuchli yuztalikka kirishga muvaffaq bo'ladi. U o'z ochkolarini taxminan 678taga etkazib, 80-90-o'rinlarga oralig'iga joylashadi.



"Intersport" gazetasi. Isroil RAHIMOV tayyorladi


Reyting: +2   

Fikrlar

   
28 jan 19:27:37
Husniddin Mirzaliyev
Xudo xoxlasa bu yil boshqacha boshladi. O'yinida ancha o'sish kuzatildi.
   
28 jan 13:30:46
Shahzod_sms
Denis albatta top-40 ga qaytadi, biz senga ishonamiz Denis!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing