15 noy 18:36
Yangiliklar
Gandbol
VI Islom birdamligi o'yinlari. O'zbekiston ozarbayjonlik qo'l to'pi ustalarini ikki to'p farqi bilan taslim etdi + FOTOREPORTAJ
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Biroz avval ayollar jamoalari ishtirokidagi gandbol bahslarida guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ozarbayjon uchrashuvi yakuniga etdi. Murosasiz kechgan bahsda qo'l to'pi ustalarimiz ozarbayjonlik dugonalarini 28:26 hisobida mag'lub etishdi.
Bevosita musobaqada ishlayotgan saytimiz xodimi Aziz To'xtamurodov ushbu uchrashuvni bevosida arenadan kuzatib bordi va maxsus fotoreportajni kuzatuvchilarimizga taqdim etdi.



























Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar