15 noy 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik boks malikasi WBA Gold kamari uchun jang qildi
Misrning Giza shahrida professional boks turniri o'tkazildi.
Oqshom doirasida qozog'istonlik boks malikasi Angelina Lukas amerikalik Ketrin Reni Lindenmutga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundlik jang ikkinchi o'ta engil vazn toifasida WBA Gold kamari uchun kechdi.
Jang to'liq davom etdi va yakunda Lindenmut hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozonib, WBA Gold kamari sohibasiga aylandi. Lukas esa prof faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U bundan avvalgi jangini 2025 yilning iyun oyida Daniela Asenxoga qarshi o'tkazib, raqibasini oltinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Angelina hisobida 15 g'alaba (8 tasi nokaut) va 2 mag'lubiyat bor. Lindenmut esa 8 g'alaba (3 nokaut) hamda 5 ta mag'lubiyatga ega.

Havola :
Fikrlar