So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

15 noy 18:15
Yangiliklar

Futbol

Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston kuchli jamoa. Buni qo'rqqanim uchun aytmayapman"

Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Marijan Budimir U-17 jahon chempionati 1/16 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Quradan keyingi aytgan gapimda turaman. O'zbekiston katta nom bo'lmasligi mumkin, lekin ular juda kuchli jamoa, u erda futbol rivojlanib bormoqda. Ularning milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi, U-17 jamoasi esa amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Ikki yil oldin ular chorak finalga chiqishgan, Angliyani mag'lub etishgan va faqat bo'lajak finalchi Franciyaga yutqazishgan. Ular chindan ham juda kuchli jamoa. Buni nima uchun aytayapman? Qo'rqqanimdan emas, balki ularga bo'lgan hurmat yuzasidan aytyapman. Biroq bizning o'z o'yin uslubimiz bor. Ularga qarshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz ularga qarshi yaxshi tayyorlandik – ular juda to'g'ri va vertikal o'ynaydigan jamoa.

O'zbekistonda osiyoliklar, xususan, yaponlar yoki koreyslarga xos chaqqonlik va tezkorlik borligini aytgan bo'lardim, shu bilan birga slavyancha ijodkorlik ham seziladi. Biz bu kunlarda juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, ularning o'yinini to'xtatish yo'llarini ham ko'rib chiqdik. O'ylaymanki, yigitlar barcha scenariylarga tayyor bo'ladi. Muhimi – o'z o'yinimizni ko'rsatish va guruh bosqichida ko'rsatgan futbolni takrorlash. Qo'limizdan kelganini qilamiz va umid qilamanki, oxirida xursand bo'lamiz", – dedi 45 yoshli mutaxassis.

Avvalroq murabbiy hech qanday raqibdan qo'rqmasligini takidlagandi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing