04 avg 09:16
Yangiliklar

Hamyurtimiz Las-Vegasda Roy Jons tashkil qilgan boks oqshomida ringga ko'tarildi
Ushbu boks oqshomi amerikalik sobiq mashhur bokschi Roy Jons tomonidan tashkil etildi. Janglardan biri o'zbekistonlik bokschi ishtirokida bo'lib o'tdi. Ravshan Xudoynazarov olti raundga mo'ljallangan jangda amerikalik Jon Veraga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, Robert Xoel referilik qilgan jang yakunida hakamlar 58:56, 58:56, 58:56 hisobidagi g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishdi. Bu jang Vera uchun faoliyatidagi 20, Ravshan uchun esa 19-jang edi.
Jon 20 ta jangdan 19 tasida g'alaba qozongan. Nokautli g'alabalari soni 11 ta. Bir bor mag'lubiyatga uchragan. 35 yoshli Xudoynazarov esa faoliyatidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi. Hisobida 17 ta g'alaba bor. O'n uchta jangni muddatidan avval yakunlagan.
Fikrlar