05 jan 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Hamyurtimiz tomonidan ikki bor nokdaun qilingan Postol taroziga chiqdi, u ikkita kamar uchun jang o'tkazadi
Professional bokschimiz Jamshid Najmiddinov tomonidan ikki bor nokdaunga uchratilgan, ammo yakunda hakamlarning noxolis bahosi sabab g'alabaga erishgan Viktor Postol chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Ukrainalik sobiq jahon chempioni 1 fevral kuni Xitoyning Xaykou shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga chiqadi. Uning raqibi birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Xose Karlos Ramires bo'ladi.
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) qonun-qoidalariga ko'ra bokschilar jangga bir oy qolgan bir paytda ilk tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Reglamentga binoan bokschilardan belgilangan vazn meyoridan 10 foizga, yani 69,4 kilogrammdan oshib ketmaslik talab etilardi. Postol - 66,3, Ramires esa 69,4 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar