So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

24 dek 08:11
Yangiliklar

Og'ir atletika

Hamyurtimizga London Olimpiadasining bronza medali olib berilishi mumkin

Xabar berganimizdek, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) Rio-2016 Olimpiadasi chempioni va rekordchisi Ruslan Nurudinovni doping sabab vaqtinchalik musobaqalardan chetlatgan edi.

Aniqrog'i, 2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og'ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan qayta o'tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan.

Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reakciya bergan namunalardan biri o'sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to'rtinchi o'rinni olgan o'zbekistonlik Ruslan Nurudinovga tegishli. 

SHuningdek, 2012 yilgi olimpiya o'yinlarining -105 kg vazn toifasidagi chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, mos ravishda 8- va 14-o'rinni egallagan belaruslik Nikolay Novichkov hamda armanistonlik Melin Daluzyan ham ushbu qora ro'yxatda bor.


Xalqaro og'ir atletika federaciyasi nomlari tilga olingan besh sportchini vaqtinchalik har qanday faoliyatdan chetlashtirgan. Agar qaror o'z kuchida qoladigan bo'lsa, o'sha Olimpiadada 5-o'rinni egallagan yana bir hamyurtimiz Ivan Efremovga bronza medali taqdim etiladi. Eronlik altet Olimpiada chempioniga aylanadi, polshalik Bonk esa o'zining bronzasini kumushga almashtirib oladi. 

Malumot uchun, bir necha oy oldin Ivan Efremov AQSHga jo'nab ketgan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, hozirda u Amerika klublarining biri bilan shartnoma imzolagan va ushbu klub sharafini himoya qilmoqda. 

  

Avvalroq so'nggi olimpiya o'yinlari davomida doping istemol qilish holatlari og'ir atletikachilar orasida ko'plab kuzatilayotgani tufayli sportning bu turi Olimpiada dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi malum bo'lgandi. Ushbu masala noyabr oyi oxirida Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi Ijroqo'mida muhokama qilingan, ammo yakuniy qarorni qabul qilish keyinroqqa qoldirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing