16 noy 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22720_220.jpg)
Hamyurtimizni hakamlar yordamida mag'lub etgan bokschi chempionlik kamari uchun jang qiladi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq WBC yo'nalishi chempioni Viktor Postol (29-1, 12 KO) vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Ukrainalik bu bokschi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Regis Prograis (20-0, 17 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu ajang WBC Regular chempionlik kamari uchun kechadi. Bu malumotni WBC tashkiloti prezidenti Maurisio Suleyman tasdiqladi.
Mazkur chempionlik kamari amerikalik Terens Krouford yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarilganidan so'ng vakant bo'lib qolgandi. Postol shu yilning 16 sentyabr kuni Kiev shahrida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinovni hakamlar yordamida mag'lub etgandi. O'shanda Jamshid 10 raundlik jangda Postolni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar