23 sen 11:05
Yangiliklar
Tennis
Hangzhou Open. Qozog'istonlik tennischi finalga chiqdi
Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning 19-raketkasi Aleksandr Bublik musobaqaning finaliga chiqdi. Qozog'istonlik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 196-pog'onada borayotgan xitoylik U Ibinni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Oltmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Bublik 19, U Ibin 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar va breyklar bo'yicha Aleksandr bir xil ko'rinishda ustunlik qildi - 3 ga 0.
Bublik ATP turnirlarida 15-finalida o'ynaydi. SHu kungacha o'tkazilgan 14 ta uchrashuvning teng yarmida g'alaba qozonib, sovringa ega chiqqan. Bu yilgi mavsumda Galle, Gshtaad va Kitcbyuel shaharlarida chempionlikka erishdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar