So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

05 jan 08:07
Yangiliklar

Og'ir atletika

Harbiylar o'rtasida tosh ko'tarish va bahodirlar o'yini bo'yicha musobaqa o'tkazildi

SHu kunlarda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan respublikamiz bo'ylab sport musobaqalari va tadbirlari o'tkazilmoqda.

Qurolli kuchlar akademiyasi sport maydonlarida tosh ko'tarish va bahodirlar o'yinlari bo'yicha harbiy sportchilar o'rtasida yirik musobaqa tashkil etildi.

100 nafardan ziyod sportchilar o'rtasida qizg'in bahslarga boy bo'lgan tosh ko'tarish musobaqalarida -65 kg vaznda Rustam Jo'raev g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, -70 kg vaznda Dilbek Abdullaev, -75 kg vaznda Azamat Usanov, -80 kg vaznda Mirzohid Ergashev, -90 kg vaznda Jumanazar Abdiev, +90 kg vaznda Doston Yo'ldoshevlar tengsiz ekanligini isbotladilar.

Bahodirlar o'yini musobaqalarida yoshlar o'rtasida Islom Hakimjonov 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Kattalar o'rtasidagi bahsda Bahodir Yo'lchiev g'alaba qozondi.

Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2019 yil 28 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi 2282-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida vazirlik tomonidan yana bir qancha sport musobaqalari o'tkazilishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing