03 may 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov ham yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Boks bo'yicha Osiyo chempionatida -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do'smatov turnir chorak finalidagi jangini o'tkazdi.
Yarim final yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Jomart Erjanga qarshi ringga chiqqan sportchimiz jangni faol boshladi va uchchala raundda ham raqibidan yaqqol ustun ekanligini amalda isbotladi.
Olimpiada chempioni yarim finalga yo'l olish barobarida Jahon chempionati chiptasini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar