02 iyu 14:57
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov ikkinchi chempionlik va Saken Bibossinov bilan qarama-qarshilik haqida gapirdi
"Olimpiada - barcha bizni kuzatadigan payt. O'z navbatida biz ham mehnat qildik. O'zbekiston uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Qolgan sportchilarga ham omad tilaymiz. Olimpiadaga borishning o'zi uchun ham katta mehnat talab qilinadi.
Biz tarix yaratmoqchimiz. Bahodir va menda ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish imkoni bor. Bu imkoniyatni qo'yib yuborish kerak emas. Buning uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
- Olimpiadada kimni asosiy raqib deb hisoblaysiz?
- Barchasi!
-Saken Bibossinov bilan qarama-qarshilik haqida nima deya olasiz?
-U bilan uch marotaba jang qilganmiz. U ham Parij Olimpiadasiga yaxshi tayyorgarlik ko'rib keladi. Xudo xohlasa biz ham bor imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz.
Fikrlar