So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

28 may 10:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov, Iqboljon Xoldarov va boshqa bokschilarimiz jang qilishi kerak bo'lgan Qirg'izistondagi turnir bu safar birato'la bekor bo'ldi

24 may kuni Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda Saikoulush promouterlik kompaniyasining professional boks oqshomi o'tkazilishi kerak edi.

Musobaqada Hasanboy Do'smatov, Iqboljon Xoldarov, Mirazizbek Mirzahalilov kabi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari jang o'tkazishlari belgilangandi. Biroq bu safar ham musobaqa kechiktirildi va keyinroq turnir butunlay bekor bo'lgani malum bo'ldi.

"SAIKOULUSH’ning Qirg'izistondagi turnir bekor qilinishi va keyingi tadbirlar haqidagi rasmiy bayonoti

So'nggi vaqtlarda tayyorgarlik ishlari olib borilgan Qirg'izistondagi SAIKOULUSH turniri rasman bekor qilinganini malum qilishga majburmiz.

Ushbu oqshomni intiqlik bilan kutgan barcha boks muxlislaridan, shuningdek homiylar, hamkorlar va barcha aloqador tomonlardan etkazilgan noqulaylik va xavotir uchun chin dildan uzr so'raymiz. Loyiha asoschisi nomidan SAIKOULUSH tashkiloti ichidagi joriy vaziyat va turnir bekor qilinishiga olib kelgan sabablarga izoh berishni istardik.

2024 yil avgust oyida 3150FIGHT va LUSHBOMU loyihalari birlashib, 3150xLUSHBOMU (hozirgi SAIKOULUSH) nomi ostida faoliyatning yangi bosqichini boshladi. Bir tomondan, LUSH jamoasi musiqa va ko'ngilochar elementlarga boy yorqin shou-dasturlar tashkil etib, boks olamiga yangi auditoriyani jalb qildi. Boshqa tomondan, 3150FIGHT professional boksning yangi formati ustida ishlab, jahon darajasidagi chempionlik janglarini tashkil etdi. Ushbu birlashuv har ikki tomonning kuchli jihatlarini uyg'unlashtirib, yanada yuqori darajaga chiqish maqsadida tashkil qilingan edi.

Ushbu hamkorlik doirasida LUSH Co., Ltd. kompaniyasi turnirlarni moliyalashtirish va umumiy boshqaruv uchun javob bergan bo'lsa, boks industriyasidagi aloqalar va tajribaga ega bo'lgan bizning tomon matchmeyking hamda tashkilotning sport qismi bilan shug'ullandi. SHu vaqt ichida biz 10 ta turnir o'tkazishga muvaffaq bo'ldik, jumladan jahon darajasidagi 7 ta jangni tashkil etdik. Ammo birgalikda eng yaxshi tadbirlarni yaratish o'rniga, vaziyat bunday achinarli natijaga olib keldi va biz bundan chuqur afsusdamiz. Bekor qilingan turnirda ishtirok etishi kerak bo'lgan bokschilarga kelsak, hozir biz ularning mehnati va tayyorgarligi behuda ketmasligi uchun imkon qadar tezroq yangi maydonlar va chiqish imkoniyatlarini taqdim etish ustida ishlayapmiz. 


Loyiha asoschisi sifatida, ayni vaqtda muxlislar va sportchilarga to'liq ishonch bilan: «Turnir albatta bo'lib o'tadi», — deb ayta olmayotganimiz biz uchun og'ir.

Yana bir bor ushbu vaziyat tasir qilgan barcha sportchilar, muxlislar, hamkorlar va boshqa barcha insonlardan samimiy uzr so'raymiz", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing