21 apr 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatov yangi vazn toifasida boshladi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining uchinchi kuni.
Bugun 6 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Hozirgina Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov o'zining Osiyo chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi. Hasanboy o'zi uchun yangi -52 kg vazn toifasida butanlik Tensin Drugyelga qarshi ringga chiqdi.
Kutilganidek, jang davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Hasanboy raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar