14 dek 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatov yangi vaznda O'zbekiston chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi
Xabar berganimizdek, Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov o'zi uchun yangi bo'lgan -52 kg vazn toifasida ringga ko'tarildi. AIBA tomonidan vaznlarning kamaytirilishi natijasida eng engil hisoblangan -49 kg vazn toifasi musobaqalar dasturidan olib tashlangan edi.
Qura natijasiga ko'ra, Hasanboy Do'smatov birinchi jangida Muhammadmuso Abdurahmonov bilan to'qnash keldi. Bu Do'smatov uchun -52 kg vazn toifasida O'zbekiston chempionatida o'tkazgan ilk jangi edi. Uch raund davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Hasanboy 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar