28 mar 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy va yana uch nafar bokschimiz Bokudagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha "Buyuk ipak yo'li" xalqaro 10-turniri boshlandi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishmoqda. Kecha turnir doirasida dastlabki janglar o'tkazildi. Unda to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarildi va ularning barchasi g'alaba qozondi.
-52 kg: Foziljon Abdumurodov – Mirmehdi Mextizada (Ozarbayjon) 5:0
-52 kg: Hasanboy Do'smatov – Axtem Zakirov (Rossiya) 4:1
-64 kg: Aliyor Noraliev – Elnur Aliev (Ozarbayjon) 3:2
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov – Andrey Kovalchuk (Rossiya) 3:2.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar