31 dek 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

HBO: Lomachenko - dunyoning eng yaxshi bokschisi
Dunyoga mashhur HBO telekanali ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (7-1, 5 KO)ni vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning 2016 yilgi eng yaxshi bokschisi deb topdi.
HBO telekanali Fight Game ko'rsatuvida 2016 yilning vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning kuchli besh nafar bokschisi nomini elon qildi.
Ushbu ro'yxat avvalida ukrainalik Vasiliy Lomachenkoning ism-sharifi qayd etildi. 2016 yilda Lomachenkoda ikkita jiddiy jangda ringga ko'tarildi.
U avvaliga 11 iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” saroyida Roman Martinesni beshinchi raundda nokautga uchratdi. 26 noyabrda esa Las-Vegas shahrida yamaykalik Nikolas Uoltersdan ustun keldi.
NVO talqini bo'yicha Top-5:
1. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
2. Gennadiy Golovkin (Kozog'iston)
3. Andre Uord (AQSH)
3. Sergey Kovalev (Rossiya)
5. Roman Gonsales (Nikaragua)
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar