So’nggi yangiliklar

18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0

03 avg 18:07
Yangiliklar

Boks/MMA

"Hech kimdan qo'rqmaymiz". Qozog'istonlik murabbiy Olimpiada uchun imkoniyatlar va o'zbek bokschilari bilan raqobat haqida gapirdi

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Galimbek Kenjebaev o'z intervyusida o'zbek bokschilari bilan raqobat haqida ham gapirdi.

-Galimbek Kalievich, ayni paytda terma jamoa azolari tayyorgarligi qay tarzda ketmoqda?

-Barcha o'z uyida, individual ravishda shug'ullanmoqda. Asosiysi, ochiq havoda va karantin qoidalariga rioya qilgan holda. Murabbiylar shtabi barcha bokschilarga formani ushlab turish bo'yicha yo'riqnoma bergan. Kimlardir shaxsiy murabbiyi bilan birga shug'ullanyapti. 


Glavnyy trener mujskoy sbornoy Kazaxstana po boksu Galymbek Kenjebaev

-Iordaniyadagi licenzion musobaqada 2017 yilgi jahon chempioni Qayrat Eraliev yo'qligini ko'rib, ko'pchilik ajablandi.

-U Osiyo chempionatida ishtirok etib, chorak finalda yutqazib qo'ygandi. Jahon chempionatida ham o'zbekistonlik Mirzahalilovga yutqazdi. CHorak finalda. Aktaudagi turnir davomida -57 kg vazn toifasida boshqa nomzodlarni ham ko'rdik. Ular ichida Serik Temirjanov yaxshiroq ko'rindi. -63 kg vaznda esa yosh Sanatali Toltaev bor, biroq u Aktauda Dilmurat Mijitovga yutqazdi. U esa o'z navbatida Zakir Safiullinga imkoniyatni boy berdi. 


-Superog'ir vazn toifasida Konkabaev bor. Uning azaliy raqibi Bahodir Jalolov prof boksda ham ringga ko'tarilgan va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmoqchi. Bizda ham professional bokschilarni terma jamoaga jalb etish rejasi bo'ldimi?

-Yaxshi savol. Umuman olganda ko'p sovrindor o'zbek bokschilari okean ortiga borib, prof ringda o'z omadini sinab ko'rmoqda. Lekin ularning mahalliy federaciya bilan kelishuvi bor - ular yirik turnirlarda mamlakatga yordam berishadi. Biz ham qozog'istonlik professional bokschilar bilan gaplashdik. Ular orasida Daniyar Eleusinov, Sadriddin Axmedov, Janibek Alimxanulilar bor. Ularga mamlakat chempionatida ishtirok etib, terma jamoa safiga kirish uchun nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatish mumkinliklari haqida aytdik.  Ular promouterlik kompaniyalari bilan shartnomada ko'plab majburiyatlari bor ekanligi haqida javob berishdi.  


-Muxlislar orasida ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'ladigan savol: kim kuchli? Qozog'iston yoki O'zbekiston boksi? Ushbu savol joningizga tegib ketmadimi? Yoki aksincha, bu sizga motivaciya bag'ishlaydimi?

-O'ylaymanki, bu murabbiy va bokschilar uchun motivaciya beradi. Raqobat ko'p yillardan buyon davom etadi. Biroq shunga qaramay, biz O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari bilan yaxshi munosabatdamiz, qo'ng'iroqlashib turamiz. Bokschilar ringga chiqqan paytda do'stlik ham tugaydi. Qo'shma yig'inlar? Rejada bor. O'zbek murabbiylari bilan bu borada gaplashganmiz. Hozircha bunday yig'in qachon va qaerda o'tkazilishi haqida aytish qiyin. Biz doimo hamkorlik qilishga tayyormiz va xech kimdan qo'rqmaymiz. Kim kuchli ekanligini faqatgina ring ko'rsatadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing