18 mar 12:28
Yangiliklar
Futbol

Hojimat Erkinov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda JCH-2026 saralashi doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
20 mart kuni Qirg'iz Respublikasi yurtimizda mehmon bo'lsa, 25 mart kuni Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz safarda Eronga qarshi maydonga tushadi.
Futbolchilarimiz mazkur uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan va kecha jamoa ilk mashg'ulotini ham o'tkazishga ulgurishdi. Championat.asia malumotiga ko'ra, terma jamoa ixtiyoriga Hojimat Erkinov ham kelib qo'shildi. U yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ilk ro'yxatida yo'q edi.
Havola :
Fikrlar