26 fev 12:00
Yangiliklar
Dzyudo
"Humo Arena" katta dzyudo bayramiga shay holatga keltirildi + FOTO
Ertaga poytaxtimizda dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi turnir boshlanadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov musobaqani o'tkazishga masul tashkiliy guruh azolari bilan birga OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri o'tkaziluvchi "Humo Arena" saroyida bo'lib, tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Asosiy bellashuv maydoni, mashg'ulot zali, texnik xonalar, majmuaning barcha infratuzilmasi ko'zdan kechirildi. Federaciya rahbari arenadagi joylashuvlar, musobaqani yuqori saviyada, jahon talabi darajasida tashkil etish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.















Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar