So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

09 mar 18:30
Yangiliklar

Boks/MMA

“Humo arena” O'zbekistonda ilk bor o'tkaziladigan yil jangiga tayyorlanmoqda

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Ko'pchilik muxlislar intiqib kutayotgan jang yaqinlanib kelmoqda.

3 aprel kuni poytaxtimizdagi “Humo arena” muz saroyida Rio-2016 Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi bo'lib o'tadi. Unda hamyurtimiz yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jangda chempionlik kamarlarini himoya qiladi. SHuningdek, mazkur jang anderkardida Isroil Madrimov, SHahram G'iyosov, Hasanboy Do'smatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilarimiz ham ringga ko'tarilishadi. Bu o'zbek sportida chinakam tarixiy voqelikdir. Zero, ilk bor hamyurtimizning chempionlik kamarini himoya qiluvchi jangi Toshkentda, minglab muxlislar ko'z o'ngida o'tishi kutilmoqda. SHubhasiz, ushbu jangga tayyorgarlik shunga yarasha yuqori saviyada bo'lmog'i darkor.

Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi Qo'mita mutasaddilari “Humo arena”ga tashrif buyurib, bo'lajak boks kechasiga tayyorgarlik bo'yicha dastlabki muzokaralarni olib borishdi. Uchrashuvda “Humo arena” direktori Rustam Mardiev, MOQ va O'zbekiston boks federaciyasi vakillari, chiptalar bilan shug'ullanuvchi i-ticket kompaniyasi mutasaddilari, tadbirlar tashkil qilish bo'yicha PR kompaniyalar menejerlari ham ishtirok etishdi.

Rustam SHoabdurahmonov bo'lajak jang tashkiliy ishlarida hamkorlik qiladigan ushbu mutasaddilar bilan suhbatlashar ekan, unga har tomonlama puxta tayyorlanish zarurligini takidladi.

“Muhtaram Prezidentimiz yurtimizda sog'lom turmush tarzi va ommaviy sport targ'ibotiga juda katta ahamiyat qaratmoqdalar. Buning uchun avvalo, mamlakatimizda katta sport tadbirlarini tashkil qilishimiz lozim. Bu borada kuni kecha nihoyasiga etgan dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta dubulg'a” turniri misol bo'la oladi. Ana endi bor etiborimizni ushbu boks kechasiga qaratishimiz va uni ham yuqori saviyada tashkil qilishimiz kerak”, – dedi MOQ raisi.

Suhbat davomida boks oqshomiga tashrif buyuradigan muxlislar uchun chinakam sport havosini taqdim qilish, har qadamda boks va sport atmosferasini berib turadigan turli bezaklar, bannerlar, ko'rgazmalar, o'zbek boksining boy tarixini namoyish qiladigan eksponatlar tashkil qilish, barcha bokschilarimiz, jumladan, asosiy jangda qatnashuvchi Murodjon Ahmadalievning nomini yoshlarimiz uchun chinakam qahramon sifatida gavdalantirish, targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida ko'rsatmalar berdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 mar 20:31:16
Asliddin
Wooow
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing