So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

18 okt 21:25
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Toshkentda "Kulager"ga qarshi ilk o'yinini o'tkazdi

Teglar :  HumoKulager
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston chempionati doirasida Petropavlovskning "Kulager" jamoasiga qarshi muzga chiqdi. Uchrashuv 3:1 hisobida "Humo" foydasiga yakunlandi. Xokkeychilarimiz g'alaba qozonishganiga qaramasdan jadvaldagi o'rni o'zgarishsiz qoldi, ochkolari soni o'n to'rttaga etgan "qanotlilar" ayni damda oltinchi o'rinda borishmoqda. "Kulager" ham beshinchi o'rinni saqlab qoldi. "Humo" jamoasi ertaga 19:00da "Kulager"ga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazadi.


Qozog'iston ochiq chempionati. 13-tur

"HUMO" – "KULAGER" 3:1 (2:0, 0:0, 1:1)

18 oktyabr - 19:00, Toshkent shahri, "Humo Arena" muz saroyi, 2154 tomoshabin

Gollar: 1:0 - 2 Rextin, 2:0 - 19 Valeev, 3:0 - 50 Kravchenko, 3:1 - 57 Pilaev.

Bosh hakamlar: Mixail Stupak, Andrey Korovkin.
CHiziq hakamlari: Timur Iskakov, Nurlan Alpispaev.

"HUMO" – (20) Dmitriy Malgin, (29) Damir SHaymardanov, (59) Stanislav Borovikov, (27) Denis Davydov, (6) Ilya Davydov, (3) Aleksandr Dryagilev, (81) Aleksey Kirillov, (28) Daniil Kurashov, (23) Vadim CHebotarev, (15) Artyom Burdelyov, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (57) Andrey Karavaev, (7) Vadim Kravchenko, (66) Javoxir Rasulov, (45) Anton Rextin (A), (72) German Saukov (A), (71) Maksim Trunev, (89) Aleksey Cyplakov, (17) Timur SHingareev.

"Kulager" – (90) Danil Kadochnikov, (30) Vsevolod Rittinger, (75) Daniil Vasilev, (3) Evgeniy Gevel, (93) Ivan Kuznecov (A), (44) Egor Kungurcev, (55) Ilya Ryjiy, (17) Aleksey Ryabokonov, (62) Yaroslav Xripkov, (33) Vitaliy SHulga, (99) Vladimir Volkov, (91) Semyon Gerasimov, (24) Ivan Kazachenko, (88) Evgeniy Lyzin, (25) Artyom Podshendyalov (K), (68) Roman Polyanichev, (13) Artyom Pylaev, (81) Anton Sviridenko, (27) Aleksandr Svoevolin, (98) Nikita Sidenko, (21) Kirill Starcev (A), (74) Anatoliy SHishov.

Ogohlantirishlar SHishov (2), Karavaev (15), Kungurcev (15), Kungurcev (22), Valeev (29), Malgin (36), Davidov (37).


Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH


-----------------------------------------------------------------------------

3-davr, 20-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! "Humo" 3:1 "Kulager"!

3-davr, 17-daqiqa. GOL! Artyom Pilaev "Kulager" uchun hisobni qisqartirmoqda!

3-davr, 12-daqiqa. Ushbu uchrashuvni arenadan 2154 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

3-davr, 10-daqiqa. GOOOOOOL! "Humo" o'yinchisi, 7-raqamli Vadim Kravchenko hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirmoqda!

3-davr, 2-daqiqa. Davidov o'yinga qaytdi, "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning uchinchi, katta ehtimol bilan so'nggi davri start oldi! 

-----------------------------------------------------------------------------

2-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri yakunlandi! O'n etti daqiqalik tanaffus.

2-davr, 18-daqiqa. Trunyov o'yinga qaytdi, "Humo" bir kishi kam bo'lib o'ynamoqda.

2-davr, 17-daqiqa. Raqibini to'siqqa itarib yuborgani uchun "Humo" o'yinchisi Ilya Davidov besh daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 17-daqiqa. Yana bir vaziyat hakamlar qarorini kutmoqda. Hakamlar esa videotakrorlarni kuzatishmoqda.

2-davr, 16-daqiqa. Raqibini chalib yiqitgani uchun "Humo" o'yinchisi Dmitriy Malgin ikki daqiqaga chetlatildi. Jarimani Maksim Trunyov o'taydi.

2-davr, 16-daqiqa. Mehmonlarda golli vaziyat yuzaga kelgan edi. Malgin "Humo"ni qutqarib qoldi.

2-davr, 11-daqiqa. Ciplakov o'yinga qaytdi.

2-davr, 9-daqiqa. Raqibining boshiga hujum qilgani uchun "Humo" o'yinchisi 89-raqamdagi Aleksey Ciplakov ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 4-daqiqa. "Kulager" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

2-davr, 2-daqiqa. Raqibini ushlab qolgani uchun "Kulager" o'yinchisi Egor Kungercev ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri start oldi!

-----------------------------------------------------------------------------

1-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning ilk davri o'z yakuniga etmoqda. O'n etti daqiqalik tanaffus elon qilindi!

1-davr, 19-daqiqa. GOOOOOOL! 82-raqamdagi Artyom Valeev hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirmoqda!

1-davr, 17-daqiqa. Karavaev o'yinga qaytdi.

1-davr, 15-daqiqa. Raqibini chalib yiqitgani uchun "Humo" o'yinchisi Andrey Karavaev ikki daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 15-daqiqa. "Kulager" jamoasi hisobni tenglashtirish uchun urinmoqda, ammo himoyachilarimiz yaxshi harakatlanmoqda.

1-davr, 10-daqiqa. SHishov o'yinga qaytdi.

1-davr, 8-daqiqa. Raqibini chalib yiqitgani uchun "Kulager" jamoasi o'yinchisi Anatoliy SHishov ikki daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 7-daqiqa. Uchrashuv toshkentliklar ustunligida o'tmoqda.

1-davr, 2-daqiqa. GOOOOOOL! Anton Rextin hisobni ochmoqda. 1:0!

-----------------------------------------------------------------------------
Uchrashuv 19:00da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing