16 avg 17:02
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov 1/4 finaldagi raqibini deyarli sezmadi
Portugaliyaning Kashtela-Branka okrugi Idanya-a-Nova tumanida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi biroz avval 1/4 final uchrashuvini o'tkazdi. Hamyurtimiz 61 daqiqa davom etgan 1/4 final bosqichida ispaniyalik Mario Gonsales Fernandesni 6/1, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, turnirda birinchi raqam ostida saralangan Sultonov ATP reytingida 284, sakkizinchi raketka hisoblangan Fernandes esa 608-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar