22 mar 09:19
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov CHandigarh turniri 1/4 finaliga chiqdi
Hindistonning CHandigarh shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi uch set davom etgan bahsda musobaqaning chorak final ishtirokchiga aylandi.
CHandigarh turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov 1/8 finalda hindistonlik reytingi yo'q tennischi Hitesh CHauxanni 2/6, 6/2, 6/1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun Humoyun 1/2 final chiptasi uchun yana bir mezbon tennischi Siddxart Vishvakarmaga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Humoyun ATP reytingida 331, Vishvakarma 659-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar