24 iyu 15:27
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Dyuffel turniri vice-chempioni
Belgiyaning Dyuffel shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda Humoyun Sultonov ham ishtirok etdi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz finalgacha mag'lubiyatsiz etib bordi va vice-chempionga aylandi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida ATP reytingida 338-pog'onada borayotgan avstriyalik Sandro Koppga 4/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Humoyun dunyoning 331-raketkasi bo'lib turgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar