13 iyu 08:14
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/305171_220.jpg)
Humoyun Sultonov Germaniya turnirida 1/2 finalga chiqdi
SHu kunlarda Germaniyaning Kassel shahrida tennis bo'yicha ITF turkumiga kiruvchi "M25 Kassel" turniri bo'lib o'tmoqda.
Unda O'zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. ATP reytingida 309-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz 1/4 finalda britaniyalik 23 yoshli Anton Matusevichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 6/4, 7/5 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, ingliz tennischi ATP reytingining 433-pog'onasidan joy olgan. Bugun Sultonov final chiptasi uchun turnirning ikkinchi raketkasi, belgiyalik Guter Onklinga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi hozirda dunyo reytingida 259-o'rinni egallab turibdi. Onklin - Sultonov bahsi bizning vaqt bilan soat 17:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar