11 iyu 12:23
Yangiliklar
Humoyun Sultonov Germaniyada muvaffaqiyatli start oldi
Mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil etadigan musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etmoqda. Kecha tennischimiz turnir doirasidagi birinchi o'yinini o'tkazdi.
1/16 final bosqichidagi ushbu o'yinda Sultonovga germaniyalik Kay Vehnelt raqiblik qildi. 2 soat-u, 4 daqiqa davom etgan bellashuv 2:0 (7-6, 6-0) hisobida hamyurtimiz foydasiga yakunlandi.
Malumot o'rnida, Sultonov ayni damda ATP reytingida 309-o'rinni egallab turgan bo'lsa, uning raqibi 614-band etgan edi.
Endilikda Humoyun bugun nimchorak finali doirasida kortga chiqadi. Unga bu safar yana bir nemis tennischisi, 1264-o'rinni egallab turgan — Vinsent Marisko raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar