05 mar 18:32
Yangiliklar

Humoyun Sultonov Greciya "CHellenjer"ida muvaffaqiyatli start oldi
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinab ko'rmoqda.
26 yoshli hamyurtimiz bugun ilk bosqich doirasida italiyalik Marchello Serafiniga qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 56 daqiqa davom etgan bahsda Sultonov 7/6, 7/5 hisobida g'alabani o'ziniki qildi va nimchorak final yo'llanmasiga ega chiqdi. Serafini hozirda ATP reytingida 535-pog'onani band etib turganini takidlash lozim.
Endi namanganlik Humoyun chorak final yo'lida Buyuk Britaniya vakili Rayan Peniston bilan to'qnash keladi. Vakilimizning 29 yoshli ingliz raketka ustasiga qarshi o'yini ertaga 13:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 218, Peniston esa 406-o'rinda qayd etilgan. Yurtdoshimiz Xersonisos "CHellenjer"ida ikkinchi raqam ostida saralangan.
Fikrlar