25 avg 08:44
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Idanya-a-Nova juftlik bahslarida vice-chempion bo'ldi
Portugaliyaning Kashtela-Branka okrugi Idanya-a-Nova tumanida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada Humoyun Sultonov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi o'tgan hafta aynan shu turnirda chempion bo'lgan edi. Bu safar u yakkalikdagi ishtirokini 1/4 finalda to'xtatdi.
SHunga qaramay, ATP reytingida 285-o'rinni egallab turgan Humoyun juftlik bahslarida vice-chempionga aylandi. Germaniyalik Lukas Deliano bilan tandem hosil qilgan hamyurtimiz hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning birinchi raqamli juftligi - portugaliyaliklar Frederiko Silva va Diogo Markes hamkorligiga 4/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar