So’nggi yangiliklar

12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0

13 iyu 22:40
Yangiliklar

Tennis

Humoyun Sultonov iroda ko'rsatib, Germaniya turnirida ham finalga yo'l oldi!

Teglar :  Humoyun Sultonov
Germaniyaning Kassel shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha ITF turkumidagi M25 Kassel musobaqasining yarim final bellashuvlari o'tkazildi.

Avvalroq, musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov ham yarim finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Sultonov bugun final chiptasi yo'lida belgiyalik Gote Onklinga qarshi kortga chiqdi. 2 soat-u 35 daqiqaga cho'zilgan o'yin g'olibi uch setda aniqlandi. Unda Humoyun Sultonov kambek evaziga zafar quchdi — 4:6, 6:3, 6:4.

Malumot uchun, Humoyun Sultonov ayni damda ATP reytingida 309-o'rinni band etib turibdi. Belgiyalik tennischi esa dunyo reytingida 259-o'rinda edi.

Ertaga namanganlik tennischimiz mukofot jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil etuvchi M25 Kassel turnirining finalida kortga chiqadi. Unga bu yo'lda yana bir Belgiya vakili — Rafael Kollinon (ATP-258) raqib bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 13:00 da start olishi belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Humoyun iyul oyi boshida Belgiyaning Bryussel shahrida tashkil etilgan M25 turnirida qatnashib, finalga qadar etib borgan edi va vice-chempionga aylangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing