So’nggi yangiliklar

18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0 15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0 15:06Формула-1. Ландо Норрис — Нидерландия Гран-приси ғолиби! 0 14:38"Барселона"нинг асосий футболчиси мавсумнинг биринчи расмий ўйинида жароҳат олди 0 14:15"Фақат у мени ожиз ҳис қилдирган" — UFC афсонаси Хабибга қарши жанг ҳақида 0 13:42Дана Уайт: "Йен Гэррида Махачев билан жанг қилиш имконияти бошқа ҳеч қачон бўлмайди" 0 13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0

01 fev 10:26
Yangiliklar

Tennis

Humoyun Sultonov jarohati, bo'lajak o'yin, Hurkach va keyingi rejalari haqida gapirdi

Teglar :  Humoyun Sultonov
2-3 fevral kunlari tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi "Devis kubogi"ning I Jahon guruhi uchun saralash doirasida Polshaga qarshi o'ynaydi.

Ushbu o'yinlar oldidan mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Olamsport.com muxbiri bilan suhbatda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Terma jamoamizning o'yin uchun tayyorgarlik jarayonlari haqida nima deya olasiz?

"Bu safargi raqibimiz Polsha terma jamoasi, bu juda ham kuchli terma jamoalardan biri. Jumladan, Hubert Hurkach dunyo reytingida sakkizinchi, Kasnikovski esa 270-o'rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, reytingda avval yuztalikka kirgan tajribali tennischisi bor. Juftlikdagi tennischilarida ham biri 17, yana biri 130-o'rinda turadigan kuchli jamoa. Lekin biz tayyorgarlikni o'n kun oldin boshladik. SHaxsan o'zim, yig'inga kelishdan oldin bir qancha musobaqalarda o'ynab keldim. G'alaba uchun qo'llan kelgancha tayyorgarlik ko'ryapmiz".

- Oxirgi musobaqalarda juda ham formaga kirib bordingiz. Lekin Olamsport.com saytiga so'nggi turnirda jarohat olganingiz haqida malum qilgan edingiz? Hozirgi holatingiz qanday?

"Terma jamoamizda bir nafardan shifokor, massaj ustasi va fizoterpavept bor. Ular o'z ishining ustalari va 10 kun davomida meni turli hil muolajalar bilan o'yinga tayyor holga keltirishdi. O'yinga tayyorman. 100 foiz jarohatdan forig' bo'ldim, deya olmayman, ammo jarohat o'yinda ishtirok etishimga halaqit bermaydi".


- Polsha terma jamoasi tarkibi, jumladan Hubert Hurkach haqida qanday fikrdasiz?

"Top o'yinchi. Oxirgi yillar davomidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. CHunki uning bo'yi baland. Hozirda eys zarbalarini yo'llash bo'yicha ham dunyoda birinchi raqamli. Lekin harakat qilamiz, imkoniyat har doim bor. Kim raqiblik qilishidan qatiy nazar, har doim imkoniyat bo'ladi".

- "Devis kubogi"dan keyingi rejalaringiz qanday?

"Devis kubogi"dan keyin 12 fevral kuni Portugaliyaga uchib ketaman. U erda ikkita turnirda ishtirok etib qaytaman. Yaqin oradagi rejalar shu", - dedi Sultonov Olamsport.com muxbiri Diyorbek Mavlonov bilan suhbatda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing