01 iyu 14:38
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Kurshumliya-Banya turniri 1/2 finalida!
Serbiyaning Kurshumliya-Banya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz 1/4 finalda oson g'alabani qo'lga kiritdi. Sultonov turnirning oltinchi raketkasi Viktor Yovichni 6/0, 6/1 hisobida engdi.
Taqqoslash uchun, serbiyalik bu tennischi ATP reytingida 774-o'rindan joy olgan. Humoyun esa dunyoning 328-raketkasi bo'lib turibdi. Bugun hamyurtimiz final chiptasi uchun bolgariyalik Yanaki Milevga qarshi kortga chiqadi. Milev ATP reytingida 536-pog'onani band etgan. Sultonov - Milev uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 13:00`da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar