04 may 11:18
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Osiek turniri 1/2 finalida!
Xorvatiyaning Osiek shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirning 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
Osiek turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz 1/4 finalda reytingning 1472-pog'onasidan joy olgan xorvatiyalik Josip Simundzani ortiqcha qiyinchiliksiz 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun ATP reytingida 328-o'rinni egallab turgan Humoyun Sultonov final chiptasi uchun ukrainalik Vyacheslav Belinskiyga qarshi kortga chiqadi. Tennischimizning bugungi raqibi dunyoning 559-raketkasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar