21 avg 14:28
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov Portugaliyadagi yana bir musobaqani g'alaba bilan boshladi
Portugaliyaning Kashtela-Branka okrugi Idanya-a-Nova tumanida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi yana bir turnir start oldi.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Bugun Sultonov 1/16 finalda italiyalik Fabricio Andaloroga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 1 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz 6:1, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
Endi Humoyun navbatdagi bosqichda portugaliyalik raqibga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar