02 dek 14:12
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis

Humoyun Sultonov Turkiyadagi turnir vice-chempioni bo'ldi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan turnirda vice-chempionga aylandi.
Bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftliklar bahsida final uchrashuvini o'tkazdi. Sultonov turkiyalik Gokberk Ergeneman bilan juftlik hosil qilgan edi.
Afsuski, ular 1 soatu 16 daqiqa davom etgan hal
qiluvchi bahsda turnirning birinchi raqamli juftligi - serbiyalik Nikola Kachich hamda shveycariyalik Luka Margaroli tandemiga 5:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy
berishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar