23 jan 13:27
Yangiliklar
Humoyun Sultonov: "Yakunlangan ikki hafta ancha qiyin va ajoyib o'tdi"
U o'tgan ikki hafta davomida Qatardagi M15 turniri chempioni va M25 turnirining ikkinchi o'rin sohibi bo'ldi.
"Yakunlangan ikki hafta ancha qiyin va shu bilan birga ajoyib o'tdi. Yaxshi uzatma bera olishim uchun o'ng qo'limni ko'tara olishim ham qiyin bo'ldi. SHuning uchun ham o'zimning ko'p geymlarimda mag'lub bo'ldim. Lekin shunga qaramay, natijalar unchalik yomon emas. Endi "Devis kubogi"ga tayyorgarlik ko'rishim kerak. Menga muxlislik qilib, qo'llab-quvvatlayotganlarga kattakon rahmat", - deb yozdi Sultonov Instagram sahifasida.
Malumot uchun, Humoyun Sultonov endilikda O'zbekiston terma jamoasi bilan "Devis kubogi" doirasida Polshaga qarshi bahs olib boradi. O'yinlar 2-3 fevral kunlari Toshkent shahridagi "Humo arena"da o'tkaziladi.
Fikrlar