30 may 11:35
Yangiliklar
Humoyun Sultonovning Kurshumliya-Banyadagi uchrashuvi yakuniga etmay qoldi
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz ilk davrada deyarli qiyinchilikka duch kemadi. Uning britaniyalik raqibi Ali Habib ikkinchi setning oltinchi geymidan keyin bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib Sultonov 6/2, 4/2 hisobida g'alaba qozonayotgandi.
Taqqoslash uchun, mamlakatimizning birinchi raketkasi ayni paytda dunyo reytingida 328-o'rinni egallab turibdi. Habib esa ATP reytigida 1001-pog'onadan joy olgan. Endi Humoyun 1/8 finalda yaponiyalik Hayato Macuokoga qarshi kortga chiqadi. Kunchiqar yurt vakili reytingning 979-pog'onasini band etgan.
Fikrlar